99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Quyidagi organlar soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi):
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi hamda soliq agenti sifatida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) ham haqli;
(99-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno).
(99-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.