130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga:

bojxona yuk deklaratsiyasini;

davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini;

tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.