131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida turgan bo'lsa, o'sha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.