156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o'tishning soddalashtirilgan tartibi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o'tish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qo'llanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno;
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi to'ldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.