157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to'lovlarining qo'llanilmasligi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona to'lovlari quyidagilarga nisbatan qo'llanilmaydi:
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida;
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno;
doimiy yashash joyi o'zgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.