169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to'lovlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to'lovlari vakolatli shaxs tomonidan to'lanadi.

Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq bo'lgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona to'lovi to'lanadi.

Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar bo'yicha bojxona to'lovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi.

Bojxona kirim orderini to'ldirish va bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona to'lovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida ko'rsatilgan tovarlarning qiymati to'g'risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi.

Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish va ularni to'lash ushbu Kodeksning VIII bo'limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bojxona organi tomonidan bojxona to'lovlari hisoblangan tovarlarni o'z ichiga olgan xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari vakolatli shaxsga bojxona to'lovlari to'langanidan keyin beriladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.