170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib o'tilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning o'ziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati o'zgarishiga yo'l qo'yiladi.

Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga ko'ra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona to'lovlarini to'lash sharti bilan yo'l qo'yiladi.

Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.