181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib o'tishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o'tayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi:
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda to'xtashi va harakatni davom ettirishi;
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yo'nalishlar bo'yicha olib o'tishi;
bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga ko'ra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi shart.
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o'tayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.