182-modda. Bojxona nazorati zonasidagi bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib o'tishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib o'tayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.

Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.