183-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasini kesib o'tgan paytdan e'tiboran quyidagi paytga qadar bojxona nazorati ostida turadi:
tovarlar va (yoki) transport vositalari erkin muomalaga chiqarish (import), reimport, yo'q qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ular davlat daromadiga o'tkazilgunga qadar;
tovarlar yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek transport vositalari amalda olib chiqilguniga qadar.
Ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining «b» — «ye» bandlarida ko'rsatilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar shunday chiqarib yuborishning shartlari bo'yicha majburiyatlar bajarilguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi.
Olib chiqilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona deklaratsiyasi yoki ularni bojxona hududidan olib chiqish boshqa qanday hujjatga muvofiq amalga oshirilayotgan bo'lsa, o'sha hujjat taqdim etilgan paytdan e'tiboran haqiqatda bojxona chegarasini kesib o'tguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qat'i nazar, bojxona organlari shaxslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojxona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.