209-modda. Tadqiqot ob'yektlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar to'g'risida ko'rsatilgan ma'lumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot ob'yektlaridir.

Tadqiqot ob'yektlari, agar ularning o'lchamlari va xossalari bunga imkon bersa, o'ralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi.

Tadqiqot ob'yektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni bo'lmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur ob'yektga moneliksiz borib ko'rish va uni tadqiq etish imkoniyatini ta'minlaydi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.