210-modda. Bojxona organlarining ekspert muassasasi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir.

Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.