257¹-modda. Tranzit deklaratsiyasi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va O'zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib o'tiladigan tovarlarini jo'natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.

Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.