258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi to'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qog'ozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qog'ozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qog'ozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak.
Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chog'ida, shuningdek qisqa, muvaqqat, to'liq bo'lmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qo'llanilishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.