281-modda. Bojxona brokerining huquqlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega:
deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va ma'lumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni o'z ichiga olgan hujjatlarni va ma'lumotlarni talab qilish va olish;
bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish;
tovarlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish;
bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur bo'lgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish;
bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.