282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona brokeri:

deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o'z fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sug'urtalashi;

bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi;

qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi;

tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi;

bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ko'maklashishi;

tovarlarni jo'natuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bog'liq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.