289-modda. Bojxona to'lovlarining turlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to'lovlari to'lanadi:

bojxona boji;

qo'shilgan qiymat solig'i;

aksiz solig'i;

bojxona yig'imlari.

Qonunchilikda boshqa bojxona to'lovlari ham belgilanishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qo'shilgan qiymat solig'i va aksiz solig'i o'rniga yagona bojxona to'lovini to'lashni nazarda tutuvchi bojxona to'lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi.

Bojxona bojlarining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.