Введите номер — откроется статья; введите слово и нажмите Enter — поиск по всему тексту.
291-modda. Bojxona yig'imlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yig'imlari undiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;
dastlabki qarorni qabul qilish;
intellektual mulk ob'yektlarini Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish;
yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi.
Bojxona yig'imlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.
Bojxona yig'imlarining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.