374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorlar ochiq axborot bo'lib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma so'rovlariga ko'ra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir bo'lgan axborot mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Tovarlarni tasniflash bo'yicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda e'lon qilinishini ta'minlaydi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.