375-modda. Bojxona statistikasi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona organlari O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojxona statistikasini yuritadi va shakllantiradi.
Bojxona statistikasi ma'lumotlaridan bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari va bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Bojxona statistikasini yuritish uchun shaxslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda ma'lumotlardan, shuningdek bojxona organlari ixtiyoridagi hujjatlar va ma'lumotlardan foydalaniladi.
Bojxona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni o'z ichiga olgan bojxona statistikasi ma'lumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga bo'linadi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.