388-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi ariza
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojxona organlariga beriladi.
Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizada quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarning tavsifi;
huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojxona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday ma'lumotlarga ega bo'lsa;
taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga ko'maklashadigan har qanday boshqa axborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi to'g'risidagi ma'lumotlar).
Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin bo'lgan mulkiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi.
Mulkiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob'yekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag'lar tegishli bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.