389-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona organi intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risida yoki asoslantirilgan sabablarni ko'rsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi.

Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rishni rad etish to'g'risidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan noto'g'ri ma'lumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.