404-modda. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod etilgan holda O'zbekiston Respublikasiga olib kiradi va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.