405-modda. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshlig'i va a'zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila a'zolari o'z shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro'zg'orni dastlabki ta'minlash uchun kerakli bo'lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) O'zbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda bojxona ko'rigidan o'tkazilishi mumkin.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.