406-modda. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining ma'muriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining ma'muriy-texnik xodimlari hamda ularning o'zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari o'z shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro'zg'orni dastlabki ta'minlash uchun kerakli bo'lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) O'zbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.