83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona to'lovlari to'lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.