84-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtirilishi mumkin.

Bojxona hududiga olib kirilishi va bu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ushbu Kodeks 24-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.

Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonalarida, ularning mazkur bojxona rejimida turishi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.