РусскийEnglish
Loyiha haqida

Biz haqimizda

Hisobchi buxgalteriya, soliq va audit bo'yicha o'zbek tilidagi ochiq ma'lumotnoma. Maqsadimiz: buxgalterlar, tadbirkorlar va talabalar kerakli ma'lumotni tez va tushunarli shaklda topishi.

Saytda nimalar bor

  • 21-son BHMS asosidagi hisobvaraqlar rejasi
  • Buxgalteriya, soliq va audit bo'yicha maqolalar
  • Hujjat namunalari: PDF fayllar va rasmlar

Materiallar qanday tayyorlanadi

Saytdagi barcha maqolalar, tezislar, lug'at ta'riflari va testlar Hisobchi tomonidan mustaqil yoziladi. Boshqa saytlar, kitoblar yoki mualliflarning matnlari ko'chirilmaydi va qayta so'zlab berilmaydi. Misollardagi korxona va shaxs nomlari o'ylab topilgan.

Qonun va standartlarga tayangan joylarda manba har bir maqola oxiridagi "Manbalar" bo'limida ko'rsatiladi. Rasmiy hujjatdan iqtibos keltirilsa, u qisqa va qo'shtirnoq ichida beriladi.

Muhim eslatma

Saytdagi ma'lumotlar tanishish uchun berilgan va rasmiy maslahat hisoblanmaydi. Qonunchilik tez-tez o'zgaradi, shuning uchun har bir maqolada yangilangan sana ko'rsatiladi. Muhim qarorlar oldidan amaldagi me'yoriy hujjatlarni tekshiring.

Aloqa

Taklif va savollar uchun: abdirazzakovb@gmail.com