РусскийEnglish

1-modda. O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o'tish, bojxona to'lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo'yish tartibini belgilash bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.