101-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Erkin ombor bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan O'zbekiston tovari mustasno.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.