106-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona bojlari va soliqlar to'lanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.