116-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimi
Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda:
olib kirilgan tovar jo'natuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi bo'ylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida;
O'zbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan jo'natuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi bo'ylab bojxona bojlari va soliqlar to'lanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda olib o'tiladi.
Qaysi bojxona organi faoliyat ko'rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan bo'lsa, o'sha bojxona organi jo'natuvchi bojxona organi hisoblanadi.
Qaysi bojxona organi faoliyat ko'rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bo'lsa, o'sha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.