РусскийEnglish

118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.