РусскийEnglish

12-modda. Tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar

Tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:

tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish;

saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish;

himoya o'roviga o'rash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish;

zanglashdan himoya qilish uchun bo'yash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash;

korroziyaga qarshi qoplama surtish.

Tovarlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.