127-modda. Tovarni yo'q qilish natijasida hosil bo'lgan chiqindilarni deklaratsiyalash
Tovarni yo'q qilish natijasida hosil bo'lgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida bo'lgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yo'q qilish natijasida hosil bo'lgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.