РусскийEnglish

136-modda. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish to'g'risidagi arizani olganidan so'ng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi.

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqishda bojxona organi:

vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo'lsa;

qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi;

qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik bo'lgan taqdirda o'rganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.