14-modda. Yengib bo'lmas kuch ta'siri
Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer ko'chishlari, dovullar, qurg'oqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib bo'lmaydigan, kutilmagan holatlar yengib bo'lmas kuch ta'siri hisoblanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.