144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qo'llaniladigan bojxona rejimlari
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi ma'lum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan e'tiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.