РусскийEnglish

161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib o'tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi

Temir yo'l transportida bojxona chegarasini kesib o'tayotgan jismoniy shaxslarga, basharti bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona operatsiyalaridan o'tish imkoniyati beriladi.

Jismoniy shaxs tomonidan olib o'tilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona to'lovlarini darhol to'lash imkoni bo'lmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi lozim.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq bo'lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.