178-modda. Bojxona nazoratining predmeti
Bojxona nazorati:
bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim bo'lgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;
taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar to'g'risidagi hujjatlarga va ma'lumotlarga nisbatan;
yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tish, bojxona ishi sohasida xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan o'tkaziladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.