186-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish
Bojxona organining talabiga ko'ra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan o'tishi kerak bo'lgan tovarlarning o'rov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qo'shimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.