РусскийEnglish

188-modda. Bojxona nazoratining shakllari

Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:

hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish;

og'zaki so'rov;

axborot olish;

bojxona ko'zdan kechiruvi;

tovarlarning tamg'alanganligini tekshirish;

bojxona ko'rigi;

shaxsiy ko'rik;

bojxona identifikatsiyalashi;

bojxona kuzatuvi;

binolar va hududlarni tekshirish;

tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish;

tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.