РусскийEnglish

19-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yo'l qo'yuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar va ma'lumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.