199-modda. Binolar va hududlarni tekshirish
Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida bo'lgan, shu jumladan shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo do'konlari binolarida, shuningdek bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim bo'lgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.