РусскийEnglish

21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi

Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilishi kerak.

Bojxona nazorati O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta'minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo'llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.

Bojxona chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta'minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o'tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi.

Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.