222-modda. Tovar bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash chora-tadbirlari
Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
bojxona hamrohligida kuzatib borishni qo'llash;
tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashni taqdim etish.
Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq bo'lmasa, jo'natuvchi bojxona organi tovarlarni bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash bo'yicha choralar ko'rish sharti bilan ruxsat beradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qo'llanilmaydi, agar:
tovarlar temir yo'l, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan bo'lsa;
ushbu chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan bo'lsa.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.