РусскийEnglish

228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar

Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qo'llagan holda yuklarni xalqaro tashish to'g'risidagi bojxona konvensiyasida (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo'lishi kerak.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.