РусскийEnglish

242-modda. O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bog'liq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda ko'riladigan choralar

O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bog'liq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qo'yadi, tergovga qadar tekshiruv o'tkazadi, ma'muriy ish yoki jinoyat ishini qo'zg'atadi.

Bojxona organlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga O'zbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.