РусскийEnglish

244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishda bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar bilan o'zaro hamkorligi

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri bo'lib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va o'zga tashkilotlar bilan axborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali axborot almashish yo'li bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.