РусскийEnglish

250-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda vakolatli shaxslarning hozir bo'lishi

Vakolatli shaxslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir bo'lishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ko'maklashishga haqli, bojxona organining talabiga ko'ra esa hozir bo'lishi va ko'maklashishi shart.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.